Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Norvegiyaning Telenor telekommunikatsion xoldingi 12 oy ichida Vimpelcom Ltd.’dagi ulushini sotish niyatida. Bu haqda Norvegiya xoldingiga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Xoldingning ulushi 12 oy ichida yuqori ehtimol bilan sotilmagunicha, Vimpelcom bundan keyin ham birlashgan kompaniya sifatida Telenor hisobotida nazarda tutiladi”, — deya ta’kidladi Telenor.

Avvalroq Vimpelcom’ning qadrsizlanishidan Norvegiyaning Telenor telekommunikatsiya xoldingi 2015-yilda 670 million dollar miqdorida zarar ko‘rgani xabar berilgan edi.

Norvegiyaning Telenor kompaniyasi MDH, Italiya, Osiyo va Afrikaning qator davlatlarida telekommunikatsiya biznesi bilan shug‘ullanadigan VimpelCom xoldingining o‘ziga tegishli 33% aksiyalar paketini sotishga qaror qilgani 2015-yil oktabridayoq ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi