Ekvadorda 16-aprel kuni yuz bergan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 659 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat hukumatining 27-aprel, chorshanba kuni bergan ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar qildi.
29 067 kishi vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chishga majbur bo‘lgan.
Shu bilan birga 40 kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 27 732 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
1979-yildan buyon mamlakat tarixidagi eng kuchli yer silkinishi oqibatida dengiz bo‘yi shaharlari Guayakil, Portovyexo va Mantaga eng ko‘p zarar yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zilzila qurbonlari soni 655 kishiga yetganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)