Apple kompaniyasi 13 yilda ilk bor kvartal ko‘rsatkichlarining pasayganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda, kompaniya hisobotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Hisobotda ma’lum qilinishicha, ikkinchi moliyaviy kvartalda daromad 13 foizga pasayib, 50,6 milliard dollarni tashkil etgan. Mazkur pasayish Apple’ning asosiy mahsuloti iPhone sotuv hajmining pasayishi bilan bog‘liq. Sof daromad 22 foizga pasayib, 10,5 milliard dollardan iborat bo‘lgan.
Sotuv hajmining sezilarli darajada pasayishi Xitoyda qayd etilgan. O‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi bilan taqqoslaganda u 26 foizga pasaygan. AQShda esa sotuv hajmi 10 foizga kamaygan. Bundan tashqari, 2015-yilning shu davri bilan taqqoslaganda, Apple 16 foizga kamroq iPhone sotgan.
Izoh (0)