Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

So‘nggi investitsiyaviy raundda Ant Financial sarmoyadorlardan 4,5 milliard dollarni qo‘lga kiritib, mablag‘ jalb etish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda “RBK” The Wall Street Journal’ga tayanib.

Foto: DPA

Foto: DPA

Investorlar orasidan China Investment Corp. va China Construction Bank, Xitoyning eng yirik sug‘urta kompaniyalari, China Post Group pochta kompaniyasi va boshqalar o‘rin oldi. Raund davomida bevosita investitsiyalar bilan bir qatorda, kompaniya ulushlarini sotishdan ham mablag‘ olingan.

Ant Financial Alibaba’dan riteyler 2014-yil sentabrida Nyu-York fond birjasiga chiqishi oldidan ajralib chiqqan edi. Kompaniya Xitoyda onlayn-to‘lovlarning hajm bo‘yicha eng yirik tranzaksiyasi platformasi operatori hisoblanadi. Alipay’dan tashqari, Ant Financial yana bir qator moliyaviy servislarni boshqaradi va yiliga 450 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi