Sochida 12-aprel, Fazogirlar kunida 1961-yilda mahalliy aholi tomonidan birinchi fazogir Yuriy Gagarin bilan birga ekilgan kedr arralab tashlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, uni arralash uchun shahar o‘rmon-bog‘ xo‘jaligi boshqarmasi direktori Andrey Terexovdan ruxsat olingan. Daraxt uning yonidagi uyga qulab tushishi mumkin deb topilgan.
“Bu kedr Sochida bo‘lib o‘tgan bir nechta to‘fonga bardosh bergan. Uning ildizlaridan daraxt hech qanday xavfli egilishga ega bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin. U to‘g‘ri turgan edi. Shunchaki, kedr kimgadir, balki navbatdagi do‘konchani o‘rnatishga xalaqit bergan”, — deb ta’kidladi Geografik jamiyat a’zosi Alla Yusupova.
Izoh (0)