Bank hisoblarining xalqaro tizimi SWIFT oxirgi kunlarda bir necha marta xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Mavjud ma’lumotga ko‘ra, gap aniq sanasi va o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori aniqlashtirilmagan, kiber hududdagi bir nechta hodisa haqida bormoqda.
“Bizga oxirgi vaqtlarda kiber hududda yuz bergan bir nechta hodisa haqida ma’lum bo‘ldi. Bunda SWIFT tizimiga ulangan yordamchi ofislar, shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stansiyalar xodimlari yoki xakerlar yovuz niyat oqibatida SWIFT tizimi orqali xabar yuborishga erishgan”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan bir paytda 25-aprel, dushanba kuniyoq xavfsizlik xizmati xodimlari elektron tizimlarda kelajakda bu kabi hodisalarning oldini oluvchi maxsus yangilanishlarni tarqatdi. SWIFT’ning ta’kidlashicha, bu juda zarur dastur bo‘lib, moliyaviy institut tarkibidagi barcha mijozlar uni 12-mayga qadar mustaqil o‘rnatishi lozim.
Izoh (0)