Qrim oliy sudi Qrimtatar xalqi majlisi jamoat birlashmasini ekstremistik tashkilot deb topib, Rossiya hududida uning faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Natalya Terentyeva boshchiligidagi sudyalar kollegiyasi yarim orol prokurori Natalya Poklonskayaning da’vosini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra shunday qarorni qabul qildi.
O‘z da’vo arizasida prokuror go‘yoki qrim tatarlarining o‘zi Majlisning “g‘ayriqonuniy va provokatsion” faoliyatidan noliyotganini bildirdi.