Rio-de-Janeyroda 2016-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari obyektlarini qurish davomida 11 nafar ishchining halok bo‘lganligi qayd etildi. Bu haqda, Braziliya hududiy mehnat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, odamlarning halok bo‘lishiga texnika xavfsizligiga rioya etmaslik va mas’uliyatsizlik sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, ish jadvalini sifatsiz rejalashtirish va shoshilish ham quruvchilarning o‘limiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Braziliyada futbol bo‘yicha 2014-yilgi chempionat obyektlarining qurilishida sakkiz kishi halok bo‘lgan edi.
Londonda 2012-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari obyektlarini barpo etishda o‘lim holatlari yuz bermagan.
Izoh (0)