AQShning Ogayo shtatida istiqomat qiluvchi o‘smir YouTube’da ko‘rgan tajribani takrorlashga urinib, elektr tokining zarbasidan halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Bolaning ota-onasi uni garajdan topgan va tez yordam chaqirgan. Shifoxonada shifokorlar uning o‘limini qayd etgan.
Politsiya vakili Jared Oliverning ma’lum qilishicha, tajriba maktabdan berilgan topshiriq bo‘lmagan. O‘smir uni o‘z tashabbusi bilan amalga oshirgan. Politsiya garajdan “Iakov zinasi” deb nomlanuvchi tajribani o‘tkazish uchun qo‘llanuvchi qurilmani topgan. Bu kabi tajribani o‘tkazish davomida yuqori kuchlanish yuzaga keladi.
YouTube’da mazkur tajribani qanday o‘tkazish mumkinligini hikoya qiluvchi ko‘plab videolarni ko‘rish mumkin. Tajriba natijasida yuzaga keluvchi kuchlanish odamni o‘ldirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish barcha roliklarda ham mavjud emas.
Izoh (0)