Tayvan oroli shimolida sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi. Oqibatda avtobus haydovchisi halok bo‘ldi, 26 kishi turli darajadagi shikastlanishlar oldi. Bu haqda, United Daily News gazetasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa Myaoli uyezdida sodir bo‘ldi. Avariya yuz bergan paytda avtobusda 29 kishi bor edi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlardan 25 nafari xitoylik sayyohlardir.
Hozirgi paytda voqea joyida qutqaruvchilar va politsiya ishlamoqda. Avariya sababi aniqlashtirilmoqda. Yo‘lovchilardan birining so‘zlariga qaraganda, avtobus haydovchisi yo‘ldagi allaqanday buyumni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan, oqibatda avtobus ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)