Ekvadorda 16-aprel kuni yuz bergan zilzila qurbonlari soni 655 kishiga yetdi. Bu haqda, Universo gazetasining 24-aprel, yakshanba kuni kechqurun chop etgan ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, tabiiy ofatdan so‘ng 17 mingdan ortiq odam tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 113 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. 48 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilgan.
Avvalroq Ekvador prezidenti Rafael Korrea zilzila qurbonlari xotirasi uchun sakkiz kunlik milliy motam e’lon qilganligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)