Meksika sohillarida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Markazning ma’lum qilishicha, yer silkinishi epimarkazi Meksikaning Puerto-Madero shahridan 36 kilometr g‘arbda, zilzila o‘chog‘i esa 80 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)