Xitoy rahbariyati GAC Fiat Crysler avtomobilsoz kompaniyasiga tormoz tizimidagi nuqson bois 2 990 mashinani chaqirib olib, ta’mirdan chiqarish borasida ko‘rsatma berdi. Bu haqda, XXR sifat nazorati, tekshiruv va karantin bo‘yicha davlat boshqarmasi bayonotiga asoslanib, “TASS” yozmoqda.
Regulyator avtomobilsozdan tegishli modulni bepul almashtirib berishni talab qildi. Qaror 25-apreldan kuchga kirdi.
GAC Fiat Crysler 2009-yilda tashkil topgan bo‘lib, Xitoyning Guangzhou Automobile Group (GAC) hamda Fiat Chrysler Automobiles Italiya-AQSh xoldingiga tegishli qo‘shma korxona hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi mamlakat markazidagi Xunan provinsiyasi ma’muriy markazi — Chansha shahrida joylashgan. Ayni paytda Janubiy Xitoydagi Guandun provinsiyasi ma’muriy markazi Guanchjouda ikkinchi zavod qurilmoqda.
Izoh (0)