Britaniyalik astronavt Tim Pik har yilning aprel oyida o‘tkaziladigan an’anaviy London marafoniga qo‘shilib, yugurish masofasini Xalqaro kosmik stansiyadagi yugurish yo‘lakchasida to‘liq yugurgan birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Kosmosdagi britaniyalik birinchi astronavt va Xalqaro kosmik stansiyaning britaniyalik birinchi a’zosi Tim Pik Londondagi yugurish ishtirokchilariga qo‘shildi va o‘xshash masofani stansiya bortida bosib o‘tdi.
Buning uchun u XKS yugurish yo‘lakchasidan va unga ulangan iPad’dan foydalandi. iPad unga bu kabi marafonlarda odatda yugurib o‘tuvchi Britaniya poytaxti ko‘chalarini ko‘rish uchun xizmat qildi.
42 kilometrli masofani bosib o‘tish uchun astronavt 3 soat 35 daqiqa va 21 soniya sarfladi. 1999-yilda Yerda Pik London marafonini bosib o‘tish uchun 3 soat 18 daqiqa va 50 soniya vaqt sarflagan edi.
Izoh (0)