Xitoyning janubi-g‘arbiy Guychjou provinsiyasi politsiyasi 117 million yuan (deyarli 18 million dollar) miqdoridagi firibgarlik haqidagi ish bo‘yicha 62 kishini hibsga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar, o‘zlarini politsiyachi, bank xodimi va huquqshunos deb tanishtirib, Duyun shahridagi qurilish kompaniyalaridan birining moliyaviy boshqaruvchisini kompyuterga zararkunanda dasturiy ta’minotni o‘rnatishga ko‘ndirgan, uning yordamida ular firma hisoblariga kira olgan.
“Sinxua” ta’kidlashicha, ushbu ish Xitoyda telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirilgan eng yirik firibgarlik hisoblanadi.
Izoh (0)