Quyosh batareyalarida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti Tinch okeani ustidan uch kun ichida uchib o‘tib, AQShda qo‘ndi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Samolyot San-Fransiskodagi “Oltin darvoza” ko‘prigi ustidan uchib o‘tdi.
Bir necha kun muqaddam samolyot Gavayidan uchib chiqqani xabar qilingan edi.
2015-yil 9-martida Abu-Dabidan dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘nab, 3-iyulda Gavayiga yetib kelgan va nosozlik tufayli shu yerda qolgan quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 2016-yil 20-aprelida parvozini davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)