Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saud suv resurslari va elektr energiyasi vaziri Abdulla al-Husaynni egallab turgan lavozimidan ozod qildi. “Vedomosti” gazetasining xabar berishicha, bunga suv narxining oshishi bois kelib chiqqan aholi noroziligi sabab bo‘lgan.
Al-Husaynning vazifalarini vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi vaziri Abdulrahmon al-Fadliy bajarib turadi.
Saudiya hukumati elektr toki, suv ta’minoti va boshqa xizmatlar subsidiyasini qisqartirgani tufayli narxlar keskin oshdi. Mart oyida fuqarolarning shikoyatlariga javoban al-Husayn ularga quduq qazishga ruxsat olishni maslahat bergan edi.
Izoh (0)