Ekvadordagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 646 nafarga yetdi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 130 kishining bedarak yo‘qolganligi qayd etilgan. 12,5 ming odam turli darajadagi shikastlanishlar olgan. Avvalroq yer silkinishi 600 ga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Ekvadorda vayronakor zilzila 16-aprel kuni yuz bergan edi. Bir qator davlatlar, jumladan, Boliviya, Kolumbiya, Kuba, Meksika va Rossiya Ekvadorga qutqaruvchilar va gumanitar yordam yubordi.
Izoh (0)