Mozambik hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 1 milliard dollarga teng tashqi qarzdorlikni yashirganini tan oldi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Bu haqda XVJning Mozambikdagi missiyasi rahbari Mishel Lazar moliyaviy tashkilot rahbariyatining Afrika mamlakati hukumati bilan muzokaralari yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.
“Mozambik hukumati jamg‘armaga shu vaqtgacha hukumat kafolati ostida qo‘lga kiritilgan 1 milliard dollardan ziyod mablag‘dan iborat tashqi qarzi borligini ma’lum qilmaganini e’tirof etdi”, — dedi Lazar. Uning ta’kidlashicha, mamlakat hukumatining e’tirofi XVJ bilan “o‘zaro ishonchni qayta tiklashdagi muhim qadam hisoblanadi”.
XVJ ekspertlari bunday katta tashqi qarz Afrika mamlakatidagi makroiqtisodiy vaziyat va moliyaviy barqarorlik uchun qanday oqibatlarga ega bo‘lishini tahlil qilib chiqmoqchi. Ayni paytda Mozambik yalpi ichki mahsuloti taxminan 16 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)