O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 2016-yil 25–26-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tashrif davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)