22-aprel, juma kuni Toshkent shahridagi Muqimiy ko‘chasida, “Novza” metro bekati yaqinida tramvay liniyasi simlarini olib tashlash tadbirlari boshlab yuborildi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari ma’lum qildi.
Guruhda voqea joyidan olingan fotosuratlar taqdim etildi. Ularda mutaxassislar maxsus texnika yordamida tramvay simlarini demontaj qilayotgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi 9- va 13-tramvay yo‘nalishlarining ishi 22-apreldan butunlay to‘xtatildi. 17- va 8-tramvaylar ishi taxminan 1-iyunga qadar davom etadi.
Izoh (0)