Meksika sharqidagi Verakrus shtatida Pemex kompaniyasining Pajaritos neft-kimyo majmuasida 20-aprel, chorshanba kuni ro‘y bergan kuchli portlash va yong‘in qurbonlari soni 28 kishiga yetdi. Bu haqda, kompaniya bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq fojia tufayli kamida 18 kishi bedarak yo‘qolgani va 13 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Keyinchalik tasdiqlangan qurbonlar soni 24 kishini tashkil etdi. Endilikda qutqaruvchilar yana to‘rt nafar qurbonning tanasini topgani aniqladi.
Jabr chekkanlarning umumiy miqdori 136 kishini tashkil etgani, ulardan 13 nafarining holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)