“Lester” futbol klubi Angliya chempioniga aylansa, britaniyalik bukmekerlar katta miqdorda pul to‘lovlarini amalga oshiradi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Joriy mavsum oldidan “Lester”ning chempionligi 5 000 ga 1, Rojdestvo bayramiga peshqadamligi esa 1 000 ga 1 koeffitsiyentni tashkil qilgandi. “Lester” jamoasining chempionligi yetakchi bukmekerlik idoralariga 10 million funt sterling zarar yetkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, Angliya chempionati yakunlanishiga 4 tur qolganida “Lester” 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. “Tottenhem” klubi 68 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)