KXDR yetakchisi Kim Chen In Pektusan GESining uchinchi gidromajmuasini Koreya Mehnat partiyasi VII syezdi arafasida muddatidan oldin qurib bo‘lgan yoshlar brigadalariga maqtov so‘zlarini yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kim Chen Inning so‘zlariga qaraganda, Yangando provinsiyasida, Xitoy chegarasiga yaqin hududda joylashgan GESning uchala gidromajmuasi bu qadar qisqa muddatda qurib bitkazilishi “KXDRni izolyatsiyaga kirgizib, sanksiyalar yordamida bo‘g‘ib qo‘yishni rejalashtirgan AQSh va uning tarafdorlariga zarba bo‘ldi”. Respublika rahbari energetik obyektning ekspluatatsiyaga topshirilishi munosabati bilan tantanalar o‘tkazishga topshiriq berdi.Bundan tashqari, KXDR Oliy xalq yig‘ilishi (parlamenti) prezidiumi Pektusan GESi quruvchilari sharafiga “Yosh qahramonlar nomidagi” yangi medal ta’sis etdi.
Izoh (0)