“Istern” futbol klubi “Saut Chayna” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Gonkong chempionati g‘olibi bo‘ldi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
E’tiborga molik tomoni shundaki, 2015-yilning dekabr oyida “Istern” jamoasini o‘z boshqaruviga qabul qilib olgan 27 yoshli Chan Yun-tin, futbol tarixida erkaklar futbol klubini chempionlikka olib kelgan ilk ayol murabbiy sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari, Chan erkaklar professional futbol klubini yuqori divizionda g‘oliblikka olib kelgan birinchi ayol bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Istern” jamoasi so‘nggi 20 yil davomida ilk chempionligini nishonladi.
Izoh (0)