Sharqiy Xitoyning Szyansu provinsiyasida joylashgan kimyoviy omborda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Hodisa 22-aprel, juma tongida yuz bergan. Internetga joylashtirilgan suratlarda quyuq qora tutunni ko‘rish mumkin.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, ombor hududida joylashgan 42 ta sisternadan biri yongan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, sisternalarda neft mahsulotlari saqlanadi.
Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan. Hodisa sabablarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)