2015-yilda Rossiyada davlatga xiyonat qilishda gumonlangan 28 kishiga ayblov hukmi o‘qildi. Bu haqda, RF Oliy sudi huzuridagi Sud departamenti ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
RF JKning 275-moddasiga (davlatga xiyonat qilish) ko‘ra olti kishi, 276-moddasiga (ayg‘oqchilik) ko‘ra ikki kishi, 283-moddasiga (davlat sirini oshkor etish) ko‘ra 20 kishi ayblandi.
Rossiyada davlatga xiyonat qilish uchun 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan. Ayg‘oqchilik uchun 10–20 yilga, davlat sirini oshkor etganlik uchun 4–7 yilga qamalish mumkin.
Izoh (0)