Shu yilning 13—30-oktabr kunlari Bahraynda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aprel oyi yakunida navbatdagi yig‘inini Saudiya Arabistonida o‘tkazadi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida Saudiya Arabistoni yoshlar termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Saudiya Arabistoni U-19 – O‘zbekiston U-19 dastlabki uchrashuvi 28-aprel, payshanba kuni, ikkinchi o‘yin 30-aprel, shanba kuni o‘tkaziladi. Har ikki bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.
Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari Saudiya Arabistonining Al-Xobar shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)