Xitoylik tadbirkor, Guan Sheng Yuan oziq-ovqat kompaniyasining sobiq rahbari Veng Mao Yuntay tog‘idagi (Xenan provinsiyasi) sayohati davomida halok bo‘ldi. Bu haqda CCTV News telekanalining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Hodisa 19-aprel kuni yuz bergan. 67 yoshli tadbirkorning o‘limiga baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan, maymun tomonidan yuqoridan uloqtirilgan tosh uning boshiga tushgan. Mao zudlik bilan shifoxonaga yuborilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
CCTV News’ning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda sayyohlik yo‘nalishi yopilgan.
Yuntay tog‘i yovvoyi maymunlar makoni sifatida mashhur hisoblanadi.
Izoh (0)