Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi “Savchenko sanksion ro‘yxati”ni joriy etishni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Ro‘yxatga Ukraina fuqarosi, harbiy uchuvchi Nadejda Savchenkoni tutishda va Rossiyada sud qilib, qattiqqo‘l hukm o‘qishda ishtirok etganlarni kiritish nazarda tutilgan. Rezolyutsiyada aytilishicha, Savchenko darhol ozod qilinmagan taqdirda ro‘yxat kuchga kiradi.

Shuningdek, Assambleya Litvada qabul qilingan, 46 kishi kiritilgan “Savchenko ro‘yxati”ni qo‘llab-quvvatladi.

Ilgariroq Yevroparlament deputatlari Yevroittifoq tashqi siyosiy muassasasi rahbari Federike Mogeriniga yo‘llagan murojaatida Putin va yana 28 kishiga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘ragan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya “josus” sun’iy yo‘ldoshini uchirish sanasini e’lon qildi
Mahalliy
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat