Hindiston shimolidagi Kashmirda 21-aprel, payshanba tongida yuz bergan otishmada ikki nafar jangari o‘ldirildi, bir nafar harbiy xizmatchi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Jammu va Kashmir shtati politsiyasining ma’lum qilishicha, jangarilarning Lolab okrugidagi Putshay hududida yashiringani haqida ma’lumot kelib tushgandan so‘ng terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya boshlangan.
Xavfsizlik kuchlari hududni to‘liq qurshab olib, tintuv o‘tkaza boshlagan. Terrorchilar bunga javoban o‘t ochgan.
Shiddatli otishmada ikki nafar jangari o‘ldirilgan, bir nafar harbiy xizmatchi yengil yaralangan. Bir necha jangari qurshovdan chiqib ketishga erishgan, ularni politsiya ta’qib etmoqda. Operatsiya davom etmoqda.
Izoh (0)