Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya moliya vazirligi AQShning McDonald’s tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘ini mamlakat hududida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, kompaniyadan 300 million yevro undirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Express jurnali axborotiga tayanib, “TASS” yozmoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Idora mutasaddilarining hisob-kitobiga qaraganda, to‘lanmagan soliqlarning umumiy hajmi 300 million yevroga boradi; bu summaning 100 million yevrolik qismini jarima tashkil qiladi.

2013-yilda kompaniya ofisida to‘lanmay qolgan soliq miqdorini aniqlash maqsadida tintuvlar o‘tkazilgan edi. O‘sha paytda Fransiya rasmiylari McDonald’s 2,2 milliard yevro soliq yashirgan, degan fikrda edi — aynan shu miqdordagi pullar Lyuksemburg va Shveysariyadagi filiallarga noqonuniy chiqarilgan deb hisoblanardi. 2015-yilda bir yo‘la uchta kasaba uyushmasi kompaniyani besh yil ichida Fransiya xazinasiga 1 milliard yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblagan edi.

McDonald’s kompaniyasi Fransiyadagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biridir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda