Misrda, Sinay yarim orolining shimoliy qismida uyushtirilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi jarohat oldi. “TASS”ning “Al-Masraviy” yangiliklar portaliga tayanib ma’lum qilishicha, Shimoliy Sinay viloyati poytaxti al-Arish yaqinida mahbuslarni olib ketayotgan mashinaning yo‘lida qo‘lbola bomba portlab ketgan.
Terakt qurboni bo‘lgan ikki kishi mashinada olib ketilayotgan gumondor shaxslar bo‘lgani aytilmoqda.
Jarohat olganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan.
Izoh (0)