Brent markasidagi neft narxi London birjasidagi savdolarning ochilishida 6,5 foizga pasayib, barreliga 40,42 dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Avvalroq neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar Dohada 17-aprel kuni imzolashi kerak bo‘lgan bitim loyihasi oktabrgacha neft ishlab chiqarish hajmini 2016-yil yanvardagi darajada saqlab turishni nazarda tutishi haqida ma’lum qilingan edi.
Biroq uchrashuvda neft ishlab chiqaruvchilar neft ishlab chiqarish hajmini muzlatib qo‘yish yuzasidan kelishuvga erisha olmadi. OPEK mamlakatlari (Erondan tashqari), shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ummon va Bahrayn ishtirok etgan Qatardagi uchrashuv natija bermadi.
Uchrashuvga izoh bergan Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak OPEK tarkibiga kiruvchi bir qator mamlakatlar muzokaralar boshlanishidan sal oldinroq o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)