Peruning markaziy qismida avtobusning jarlikka qulashi tufayli kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda fojia ro‘y bergan Pasko mintaqasi yo‘lovchi va yuk transporti departamentida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “TASS”.
Hodisada yana 29 kishi jabrlandi. Avtobus Lima — Serro-de-Pasko yo‘nalishida ketayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga transport vositasini boshqarishdan chalg‘igan haydovchi sababchi bo‘lgan.
Izoh (0)