Rossiyaning Tyumen viloyati Ishim shahrida suv bosgan tumanlardan mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda, Rossiya FVV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Ishimda 518 ta uy, Mezenka qishlog‘ida 64 ta uyni suv bosgan. 960 kishi, jumladan 236 nafar bola evakuatsiya qilindi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Evakuatsiya qilingan odamlar shahar mehmonxonalari va shahar tashqarisidagi lagerlarning turar-joy korpuslariga joylashtirilmoqda. Issiq ovqat tashkil etildi.
Ishim shahrida oxirgi 40 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shahar yaqinidagi Karasul daryosining suv sathi 6,6 metrga oshdi.
Izoh (0)