16—20-aprel kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 18-aprel kuni, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida 17—18-aprel kunlari, qolgan hududlarda 16—18-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutiladi, ba’zan sezilarli kuchayadi.
Bundan tashqari, 16—17-aprel kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab shamolning tezligi soniyasiga 7—12 metrdan 15—20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayni vaqtda, ma’lumotlarga ko‘ra, qayd etilgan kunlarda havo harorati keskin sovimaydi.
Izoh (0)