13-aprel, chorshanba kuni Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ShHTga a’zo davlatlarning xavfsizlik sohasidagi hamkorligini rivojlantirish masalalari, 2016-yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik jarayoni va tashkilotning joriy yilda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlari muhokama qilindi.
ShHT bosh kotibi O‘zbekistonning joriy raisligi va Toshkentda davlat rahbarlari Kengashining bo‘lajak majlisi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar tashkilotning 15 yillik tarixida muhim bosqich bo‘lishi va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)