Germaniyaning “Volfsburg” klubi ustozi Diter Xekking “Real”ga qarshi (0:3) Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 final javob o‘yinidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuvning 17-daqiqasiga kelib madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikkita gol kiritishga ulgurgan edi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“‘Real’ning dastlabki 20 daqiqa ichida qilgan ishiga tayyor emasdik. Uchinchi golni Ronaldu jarima zarbasidan, ‘jonli devor’dan bo‘shliq topib kiritdi. Bunday holatlar jarima zarbalari vaqtida yuz berishi kerak emas. Ikkinchi bo‘limda esa dastlabki o‘yinda nimaning evaziga bunday natija qayd etganimizni ko‘rsata oldik”, – deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Volfsburg” dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi, ammo javob o‘yinida Ronalduning xet-trigi “bo‘rilar”ni YeChLdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)