Kolumbiya hukumati futbol bo‘yicha mamlakat chempionatini kunduzi, havo harorati 35 darajagacha issiq bo‘ladigan vaqtda o‘tkazish qaroriga beshta shaharda futbolchilar norozilik aksiyasini o‘tkazdi, deb xabar beradi “TASS”.
Hakamning uchrashuv boshlanganiga ishora qiluvchi hushtagidan so‘ng, futbolchilar maydonga o‘tirib oldi. Bu holat bir necha daqiqa davom etdi.
Kolumbiya hukumatining bunday qarorga kelishi kechki paytda o‘tkaziladigan o‘yinlarda elektr energiyasining ko‘p sarflanishi bilan izohlanmoqda. Futbolchilar uchrashuv vaqtida suv ichib olishi uchun qisqa tanaffuslar kiritildi, biroq o‘yinchilarning fikriga ko‘ra, bu yetarli emas va bunday jaziramada futbol o‘ynashning o‘zi sog‘liq uchun xavfli sanaladi.
Izoh (0)