Rossiyaning Velikiy Novgorod shahrida to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari muz ostiga tushib ketgan ikki nafar erkakni qutqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Velikiy Novgorod.ru”

Foto: “Velikiy Novgorod.ru”

Hodisa aprel oyi boshlarida ro‘y bergan. 1953 va 1969-yillarda tug‘ilgan erkaklar muz qoplagan karyer orqali ketayotib, unga tushib ketgan. Tasodifan yaqin atrofda bo‘lgan shahar gimnaziyasi o‘quvchilari tezkor xizmat xodimlari kelguniga qadar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan: kaltak va arqon yordamida o‘smirlar hamyurtlarini muzli suvdan chiqarib olgan. Shu asnoda o‘zlari ham muz ostiga tushib ketgan, biroq qirg‘oqqa yaqin bo‘lganlari sababli mustaqil chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Qutqarishda bevosita ishtirok etgan ikki o‘smir “Suvda cho‘kayotganlarni qutqargani uchun” medaliga taqdim etiladi, yana bir o‘quvchiga tashakkurnoma beriladi.