Tarix va arxeologiya fanlari sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdulahad Muhammadjonov 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
A.Muhammadjonov 1931-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1951-yili O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tugatib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (hozirgi Sharq qo‘lyozmalari markazi) aspiranturasida tahsil oldi. 1955-yilda nomzodlik, 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi.
Zahmatkash olim o‘zining 60 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasining Arxeologiya, Tarix institutlari direktori, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy universiteti professori kabi lavozimlarda samarali mehnat qildi, tarix va arxeologiya fanlarining dolzarb nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi.
A.Muhammadjonovning o‘zbek xalqining qadimiy tarixi, boy madaniyatini, O‘zbekistonda shakllangan sug‘orma dehqonchilik an’analarini arxeologik jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab kitob va monografiyalari, maqola va risolalari ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum.
I.Karimov, N.Yo‘ldoshev, N.Ismoilov, Sh.Mirziyoyev, Sh.Solihov, E.Rtveladze
Izoh (0)