Islandiya bosh vaziri Sigmundyur Gunnleygsson “Panama hujjatlari”ning chop etilishi bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Men bu tufayli (‘Panama hujjatlari’ning chop etilishi) iste’foga chiqishni rejalashtirmaganman va iste’foga chiqmayman”, — dedi Gunnleygsson.
Avvalroq muxolifat vakillari mamlakatning o‘ng markaziy hukumatiga qarshi ishonchsizlik bildirishga ovoz berish jarayonini o‘tkazishga chaqirgan edi.
Associated Press agentligi “Panama hujjatlari”ga muvofiq, Gyunnleygsson va uning rafiqasi 2007-yilda Britaniyaning Virgin orollarida shaxsiy ehtiyojlari uchun Wintris Inc. ofshor kompaniyasini ta’sis etganligini ma’lum qilgan edi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Gyunnleygssonni iste’foga chiqishga chaqirgan petitsiyani allaqachon 16 mingdan ortiq islandiyalik imzolagan.
Izoh (0)