Osiyo Chempionlar Ligasi “F” guruhi 4-turidan o‘rin olgan “Seul” (Janubiy Koreya) hamda “Shandun Lunen” (Xitoy) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ushbu o‘yinga bosh hakam sifatida FIFA referisi, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Ermatov tayinlandi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi. Mazkur o‘yin 5-aprel, seshanba kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tadi.
OChL–2016. “F” guruhi, 4-tur
5-aprel, seshanba
“Seul” (Janubiy Koreya) – “Shandun Lunen” (Xitoy)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston).Qanotlardagi hakamlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (O‘zbekiston).
To‘rtinchi hakam: Fu Chuan Xui (Singapur).
Nazoratchi: Kamikava Toru (Yaponiya).
Komissar: Umid Jamoliy (Eron).
Izoh (0)