Nikaraguada Zika bezgagi bilan kasallanish holatlari oshib bormoqda. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Markaziy Amerika respublikasi hukumatining rasmiy vakili Rosario Murilyoning ma’lum qilishicha, virusni yuqtirib olganlar soni 126 kishiga yetgan. Ulardan 12 nafari homilador ayoldir. Bemorlarda og‘ir asoratlar yuzaga kelganligi haqida xabarlar kelib tushmagan.
“Biz kasallikni tashuvchi chivinlar ko‘payadigan hududlarini yo‘q qilmoqdamiz, oilalar bilan suhbatlashmoqdamiz. Biz bu kurashni davom ettirishimiz lozim”, — deb ta’kidladi Murilyo.
Izoh (0)