Belgiya politsiyasi vakillarining bildirishicha, Bryussel aeroportida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari Parij teraktlari tashkilotchisi Saloh Abdislomning hibsga olinishi bilan aloqadorligi haqida gapirishga hali erta. Bu haqda politsiyadagi manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Parij teraktlari tashkilotchisi Saloh Abdislom 18-mart kuni Bryusselning Molenbek kommunasida o‘tkazilgan keng miqyosli politsiya operatsiyasi chog‘ida qo‘lga olingan edi. 21-mart kuni Belgiya ichki ishlar vaziri Yan Yambon bu yacheykaning yo‘q qilinishi IShIDni faollikka undashi mumkinligini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Saloh Abdislom tergovchilarga Bryusseldan yangi hujumlarni tashkillashtirishni reja qilganligini tan olgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)