Belgiyada Parijdagi teraktlarning tashkilotchisi sifatida gumonlanib, hibsga olingan Saloh Abdislom tergovchilarga Bryusseldan yangi hujumlarni tashkillashtirishni reja qilganligini tan oldi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Belgiya tashqi ishlar vaziri Didye Reynders u Bryusseldan turib yana nimanidir boshlashga tayyor bo‘lganligi va bu haqiqat bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Belgiya TIV rahbarining so‘zlariga qaraganda, Belgiya hukumati Abdislomning so‘zlariga jiddiy ahamiyat qaratgan, chunki Parijdagi teraktlardan so‘ng dastlabki tergovlar davomida ko‘p miqdordagi qurollar, jumladan, og‘ir qurol-aslahalar topilgan. Bundan tashqari, Bryusselda Abdusalom bilan aloqador kishilar guruhi aniqlangan.
Izoh (0)