Gavayi orollariga parvoz chog‘ida Alaska Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchisining qo‘lida iPhone 6 smartfoni yonib ketdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Ayolning aytishicha, smartfonidan alanga chiqa boshlagan vaqtda u film ko‘rayotgan bo‘lgan. Aviakompaniyadagilar bunday hodisa 17-mart kuni Vashington shtatidagi Bellingxem shahridan Gavayi poytaxti Gonoluluga tungi parvoz chog‘ida yuz berganini tasdiqladi.
Smartfon yonib ketganini ko‘rib, ayol uni yerga tashlab yuborgan, u yon o‘rindiqning tagiga tushgan. Shunda alanga yanada avj olgan, boshqa yo‘lovchilar o‘z joylaridan sapchib tura boshlagan. Ekipaj a’zolari tezda olovni o‘chirgan. Hodisa natijasida hech kim jabr ko‘rmagan, samolyotga ham ziyon yetmagan.
Qurilmaning yonib ketish sababi rasman ma’lum qilinmadi, tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)