Rossiya Suriya hududidagi hujum aviatsiyasining katta qismini olib chiqib ketdi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rasmiy vakili Patrik Rayder ma’lumot berdi, deb yozadi “RBK”.
“Bu yerda ularning vertolyot va transport samolyotlari hozir ham bor. Lekin zarbalar berishda qo‘llangan samolyotlarning katta qismi Suriyani tark etganini ko‘rdik”, — ma’lum qildi u.
Rayderning ta’kidlashicha, Suriya hukumat qo‘shinlari aviatsiya emas, artilleriya bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam RF prezidenti Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq bergan edi.
Izoh (0)