Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kurdiston Milliy kongressi Rojava — Suriya hududidagi G‘arbiy Kurdistonda boshlangan federallashuv jarayonini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Regnum

Foto: Regnum

Kongress vakili Salohiddin Soro matbuot anjumani chog‘ida Iroq va Suriya kurdlari IShIDga qarshi kurashda birdamligini ko‘rsata olganini va umumiy syezd o‘tkazilmaganiga qaramay, Xasakadagi syezdda qabul qilingan qaror barcha kurdlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

“G‘arbiy Kurdistonning federallashuv yo‘lidagi faoliyati — adolatsiz Lozanna shartnomasidan chetlashish sari bir qadam”, — deb ta’kidlab o‘tdi Soro, 1923-yilda imzolanib, Usmonli saltanatining parchalanishi hamda uning o‘rnida bugungi davlatlarning shakllanishiga qonuniy tus bergan hujjatni nazarda tutib.

Shuningdek, Milliy kongress vakili kurdlarning o‘z-o‘zini boshqarish vakolatlarini kengaytirish borasidagi faoliyati qo‘shni xalqlarga qarshi qaratilmaganini aytib o‘tdi.

“Suriya kurdlari barcha xalqlar birga yashaydigan yagona demokratik Suriyaga sadoqatli ekanligini ko‘p bora isbotlagan”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Suriyaning Xasaka viloyatidagi Rumaylanda o‘tgan syezdda ishtirok etgan 30 dan ortiq siyosiy partiya a’zolari mamlakat shimolida mintaqaviy federativ ma’muriyat tashkil etilganini rasman e’lon qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda